CAFET

Central Asian Food Engineering and Technology

Qabul va Talablar

Mualliflar uchun yoʻriqnoma

Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan ta’sis etilgan “Central Asian Food Engineering and Technology” ilmiy jurnali OAK Rayosatining qarori bilan dissertatsiya ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, professor-oʻqituvchilar, izlanuvchilar va amaliyotchi xodimlarning maqolalarini chop etadi.

Texnik talablar

Jurnalga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar quyidagi texnik qoidalarga toʻliq mos kelishi shart:

  • Dolzarblik va Mazmun: Maqolalar jurnal yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, chuqur ilmiy tahlil, tugallangan fikrlar hamda aniq amaliy tavsiyalar asosida yozilgan boʻlishi lozim.
  • Maqola hajmi: Maqolaning umumiy hajmi 5 betdan kam boʻlmasligi shart.
  • Matn formati: MS Word formatida. Shrift: Times New Roman, hajmi 12 kegl. Satrlar oraligʻi: 1.5 interval. Chegaralar: barcha tomondan 2 sm. Xatboshi boshi: 1 sm.
  • Rasm va jadvallar: Arab raqamlari bilan ketma-ket raqamlanishi (masalan: 1-rasm, 1-jadval) va matnda ularga havola boʻlishi shart. Jadvallar ichidagi yozuvlar 12 kegl boʻlishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlarga matn ichida havola berilishi shart.
  • Sarlavha va Mualliflik: Maqola nomi va mualliflarning F.I.Sh. KATTA HARFLAR bilan (12 kegl, markazda) joylashadi. Ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, tel va e-maili kichik harflar bilan pastda koʻrsatiladi. Har bir muallif bir vaqtning oʻzida yakka va hammualliflikda qatnashishi mumkin.

Plagiat siyosati

Jurnal ilmiy ishlarning oʻziga xosligi va originalligiga qat'iy talab qoʻyadi. Tahririyatga kelib tushgan barcha ilmiy maqolalar majburiy tartibda maxsus "Antiplagiat" tizimlari orqali tekshiriladi. Boshqa manbalardan noqonuniy oʻzlashtirilgan, matni sun'iy oʻzgartirilgan yoki akademik ko'chirmachilik aniqlangan ishlar nashrdan qat'iy rad etiladi.

Nashr etikasi

Tahririyat hay'ati xalqaro akademik nashr etikasi tamoyillariga amal qiladi. Mualliflar taqdim etayotgan tadqiqot ma'lumotlarining toʻgʻriligi va ilmiy etika qoidalariga mosligi uchun shaxsan javobgardirlar. Bir vaqtning oʻzida bir nechta nashriyotga yuborilgan yoki mualliflik huquqini buzuvchi maqolalarni taqdim etish qat'iyan man etiladi.

Muhim muddatlar

Maqolalar qabuli: Har oyning 25-kuniga qadar
Nashr etilish sanasi: Har oyning soʻnggi kunida

Creative Commons Attribution (CC BY 4.0)

Jurnaldagi barcha materiallar CC BY 4.0 xalqaro litsenziyasi ostida ochiq kirish (Open Access) tizimida e'lon qilinadi. Bu foydalanuvchilarga maqola muallifiga tegishli iqtibos keltirgan holda materiallarni tarqatish, nusxalash va qayta ishlash huquqini taqdim etadi.

Qabul yoʻnalishlari

  • 02.00.00 KIMYO
  • 03.00.00 BIOLOGIYA
  • 05.00.00 TEXNIKA
  • 06.00.00 QISHLOQ XO‘JALIGI
  • 16.00.00 VETERINARIYA

Rasmiy tillar: Oʻzbek, Ingliz, Rus tillari

Maqola topshirish

Mualliflar oʻz ishlarini quyidagi rasmiy aloqa tizimlari orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin:

Telegram Profile cafetjournal@gmail.com
+998 97 157 96 87